OPTIK NIVELIR YORDAMIDA NIVELIRLASH NATIJALARIGA REFRAKSIYANING TA’SIRINI ANIQLASH USULINI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация
Ushbu maqolada optik nivelirlash ishlarida atmosfera sharoitlarining, xususan refraksiyaning geodezik o‘lchov natijalariga ta’sirio‘rganiladi. Maqolaning maqsadi – refraksiya tufayli yuzaga keladigan balandlik xatolarini aniqlash va ularni kamaytirishning yangi soddalashtirilgan, mahalliy sharoitga moslashtirilgan usulini ishlab chiqishdir. Buning uchun 2023–2025 yillar davomida Toshkent shahrida to‘plangan meteorologik ma’lumotlar asosida regressiya modeli tuzildi. Model yordamida harorat, bosim va namlik asosida refraksiya koeffitsienti hisoblandi. Ishlab chiqilgan model Python va Excel muhitida dasturlashtirilib, o‘lchov natijalariga qo‘llanildi. Grafik tahlillar orqali modelning yuqori aniqlikka ega ekani isbotlandi. Maqola natijalari refraksiya xatolarini 50–60% gacha kamaytirish imkonini beradi.