Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

Yuqori texnologik noinvaziv kardiovizualizatsiya usullarini yurak ishemik kasalligi avj olishini erta tashxislash va prognozlashdagi orni

Bernara KurbanovaRespublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya tibbiyot markaziFeruza AbdumalikovaSabrina Jurayeva
Cardiology of Uzbekistan.journal2025uz
ABI

Аннотация

Yurak ishemik kasalligini (YuIK) erta aniqlash va uni avj olish xavfini baholashda ilg‘or noinvaziv vizualizatsiya usullari, jumladan, koronar arteriyalarning multispiral kompyuter tomografik angiografiyasi (MSKT-AG) imkoniyatlari va ahamiyati to‘g‘risidagi zamonaviy ma’lumotlar tizimlashtirilgan. Mazkur sharhda MSKT-AGning koronar aterosklerozni kompleks baholashdagi mohiyati batafsil ko‘rib chiqilgan. Koronar kalsiyning miqdoriy tahlili yurak-qon tomir noxush hodisalarining muhim prediktori sifatida ta’kidlanadi. Koronar arteriyalarning stenozlanish darajasini aniq baholashda, shuningdek, aterosklerotik pilakchalarni (AP) tavsiflashda, ularning tuzilishi, zichligi va beqarorlik belgilarini aniqlashda usulning imkoniyatlari muhokama qilinadi. AP shakllanishiga javoban tomir devorining adaptiv yoki patologik o‘zgarishlarini aks ettiruvchi tomirlarni remodellashuvi indeksini baholashga alohida e’tibor qaratildi. MSKT-AG ma’lumotlari asosida hisoblangan qon oqimining fraksion zaxirasini (FFR) aniqlash muhim jihat bo‘lib, bu koronar aterosklerozning beqarorlashuvida va optimal davolash taktikasini tanlashda ahamiyatga molik stenozlarning gemodinamik ahamiyatini noinvaziv baholash imkonini beradi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба
Кўрсаткичлар — AkademScholar · Тез орада