Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

EKSPERMENTAL MIOKARDITDA YURAK MITOXONDRIYASINING ATF GA BOG‘LIQ KALIY KANALIGA YaN-1 VA YaN-2 POLIFENOL BIRIKMALARNING TA’SIRI

A.L. RaximovO‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instiuti tayanch doktorantiMamurjon Komiljonovich PozilovO‘zbekiston Milliy universiteti b.f.d., professorNazokatxon X. YakubovaMaxmudjon GAFUROVO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akad. O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti professori, k.f.d
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada adrenalin bilan chaqirilgan eksperimental miokarditda kalamush yurak mitoxondriyasining ATFga bog‘liq kaliy kanali (mitoKATF-kanal) faolligiga gossipol diazoimino hosilalari YaN-1 va YaN-2 polifenollarining ta’siri o‘rganilgan. Mitoxondriya ichki membranasining mitoKATF-kanali faolligi spektrofotometrda optik zichligi o‘zgarishini qayd etish orqali aniqlangan. Tajriba uchun olingan erkak oq zotsiz kalamushlar V guruhga ajratilgan. Kalamushlarda miokardit chaqirish uchun 100 g tana vazniga nisbatan adrenalinning 0,1% eritmasidan 7 kun davomida qorin teri parda ostiga (per. os) in’eksiya qilingan. Ekspermental miokardit chaqirilgan III guruh kalamushlarga YaN-1 polifenolidan (20 mg/kg/sutka), IV guruhga YaN-2 (10 mg/kg/sutka) va V guruhga kversetin flavonolidan (20 mg/kg/sutka) 10 kun peroral yuborilgan. Adrenalin bilan chaqirilgan miokardit sharoitida yurak mitoKATF-kanal faolligiga YaN-2 gossipol diazamino hosilasi aktivlovchi xossasi YaN-1 va kversetinga nisbatan faol ekanligi aniqlandi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба