Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

MEDIAMATN: SARLAVHA MAJMUASI, SARLAVHA TANLASH QOIDALARI VA TUZISH YO‘LLARI

ABI

Аннотация

Bu maqolada sarlavha majmuasi — matn tizimining ichki sistemasi, sarlavha va kirish, sarlavha tag tizimi unsurlarini o‘qish strategiyasi, sarlavha ansanmblidagi aloqa turlari haqidagi nazariy qarashlar tahlilga tortilgan. Shuningdek, sarlavha tanlash qoidalari, sarlavha tanlashda ish beradigan qoliplardan foydalanish, sarlavhalar tuzish yo‘llari o‘rganilib, misollar tahlili orqali nazariy fikrlar asoslangan. Tadqiqotning maqsadi mediamatn sarlavhalari majmuasi, sarlavha tanlash qoidalari va tuzish yo‘llarini o‘rganish, uning tuzilmasi, mediamatn sarlavhalarini yaratishda lisoniy mezonlarning o‘rnini aniqlashdan iborat. Maqolaning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: sarlavhalarning talab darajasida bo‘lishini belgilovchi lingvistik qoidalar, sarlavha baholovchi-ekspressiv vazifani bajargan holda, gazeta materiallarining emotsional ta’sirini shakllantirishda ishtirokiga doir tavsiya berilgan; sarlavha tanlashda ish beradigan qoliplarga doir amaliy tajribalar ko‘rsatilgan. Maqolaning ilmiy yangiligini zamonaviy mediakommunikatsiyada sarlavhalar tuzishning bir qancha usullarini ko‘rib chiqib va birma-bir tahlil qilib, ularda qanday psixologik ilgaklar ishlatilganligi va insonga qanday ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangani; retsipientda qiziqish uyg‘otish, jalb qilish, e’tiborni qaratish, harakatga chorlashga qaratilgan sarlavhalarni yaratishda lisoniy-uslubiy vositalarning ahamiyati tahlillar asosida ko‘rsatilgani tashkil etadi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба