ETNOESTETIK MADANIYAT BO‘LAJAK O‘QITUVCHI KASBIY MADANIYATINING TARKIBIY KOMPONENTI SIFATIDA
Аннотация
Mazkur maqolada etnoestetik madaniyat tushunchasining mohiyati, uning tarkibiy tuzilmasi va bo‘lajak o‘qituvchi kasbiy madaniyatidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Etnik va estetik qadriyatlarning uyg‘unligi orqali shakllanadigan etnoestetik madaniyat pedagog shaxsining milliy madaniyatga daxldorligi, san’at va xalq ijodi elementlarini o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga integratsiyalash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Universitet ta’limi jarayonida etnoestetik ta’lim va tarbiyaning uzviy birligi orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik idrok, badiiy-estetik tafakkur va ijodiy yondashuv shakllantiriladi. Tadqiqotda O‘zbekistonlik pedagog olimlarning konseptual qarashlari tahlil qilinib, etnoestetik madaniyatning kasbiy-pedagogik tayyorgarlikdagi ahamiyati asoslab berilgan.