MINTAQAVIY TAFOVUTLAR VA IQTISODIY RIVOJLANISHDA INVESTITSIYALAR O‘RNI
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston hududlari misolida mintaqaviy tafovutlar muammosi va ularni bartaraf etishda investitsiyalar, kichik tadbirkorlik subyektlari va aholiga to’g’ri keluvchi jami daromadning o‘rni o‘rganiladi. Mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizliklar ijtimoiy barqarorlik, infratuzilma rivoji hamda mehnat resurslarining samarali taqsimoti kabi ko‘plab omillarga ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida investitsiyalarning mintaqaviy iqtisodiy ko‘rsatkichlarga qanday ta’sir qilayotgani, investitsiyalar yo‘naltirilgan hududlar va kam e’tibor qaratilgan mintaqalar o‘rtasidagi farqlar statistik ko‘rsatkichlar yordamida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari investitsiya siyosatini mintaqaviy rivojlanish strategiyalari bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Xulosa qismida esa mavjud muammolarning yechimi sifatida davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tizimli chora-tadbirlar taklif etiladi.