Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

SUNʼIY INTELLEKT MAHSULOTLARINI MUHOFAZA QILISHDA HUQUQIY MUVOFIQLIK MASALASIDA YAGONA XALQARO KONVENSIYA ZARURATI

2025uz
ABI

Аннотация

Ushbu tezisda sunʼiy intellekt (SI) tomonidan yaratilgan mahsulotlarning mualliflik huquqi bilan huquqiy muhofazalanishi muammolari xalqaro yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. AQSh, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Xitoyning yondashuvlari oʻrganilib, mavjud farqlar huquqiy fragmentarlikka sabab boʻlayotgani koʻrsatib beriladi. WIPO va UNESCO kabi xalqaro tashkilotlarning pozitsiyasi ham tahlil qilinib, yagona konvensiya zarurati asoslanadi. Tadqiqot SI mahsulotlarini huquqiy jihatdan muvofiqlashtirish, inson ijodiy ishtiroki mezoni, javobgarlik va huquqiy aniqlik masalalariga eʼtibor qaratadi. Xulosa oʻrnida, global texnologik taraqqiyot va mualliflik huquqining barqarorligi oʻrtasida muvozanatni taʼminlash uchun xalqaro miqyosda yagona konvensiya ishlab chiqish taklif etiladi

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба