Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

ISH HAQI TO‘LOVLARI VA SOLIQLARNI RAQAMLASHTIRISH ORQALI MEHNAT BOZORI BARQARORLIGINI OSHIRISH

Mushtariy MamatqulovaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada ish haqi to‘lovlari va soliqlarni raqamlashtirish orqali mehnat bozorining barqarorligini ta’minlash masalasi tizimli tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi global raqamli transformatsiya jarayonlari fonida tahlil etilib, xorijiy tajribalar asosida O‘zbekiston holati komparativ yondashuv orqali solishtirilgan. Maqolada 2018-2024 yillar davomida O‘zbekistonda olib borilgan islohotlar – elektron mehnat shartnomalari, bank orqali ish haqi to‘lovlari, raqamli soliq platformalari kabilarning natijalari statistik metodlar asosida baholangan. Xususan, korrelyatsion va regressiya tahlillari yordamida raqamlashtirish darajasi bilan bandlik, norasmiy sektor va soliq tushumlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Tahlil asosida raqamli tizimlar mehnat bozori barqarorligini oshirishda muhim vosita ekani asoslab berilgan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба