VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILGAN BEZORILIK JINOYATLARINING XUSUSIYATLARI
Аннотация
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan bezorilik jinoyatlarining huquqiy va kriminologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida ushbu jinoyat turining ijtimoiy-iqtisodiy va psixoemotsional sabablari, shuningdek, voyaga yetmagan jinoyatchilarning psixologik xususiyatlari oʻrganiladi. Mazkur toifadagi jinoyatlar tarkibining alomatlarini amaldagi qonunchilik asosida tahlil qilib, jinoyat va huquqbuzarlik oʻrtasidagi chegarani belgilashning nazariy-amaliy ahamiyatini koʻrsatadi. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan bezorlik jinoyatining statistik maʼlumotlari tahlil qilinib, mazkur jinoyatni oldini olish boʻyicha xalqaro tajriba oʻrganilib, voyaga yetmaganlar oʻrtasida profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, taʼlim muassasalari, oila va mahalla institutlarining tarbiyaviy funksiyalarini kuchaytirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.