NEUSTOYKA TOʻLASH JAVOBGARLIK TURI SIFATIDA
Аннотация
Maqolada Rim huquqidagi neustoyka instituti tadqiq etilgan. Neustoyka (stipulatio poenae) shartli kelishuv sifatida shartnoma buzgan shaxsni zarar koʻrgan tomonga maʼlum miqdor pul toʻlashga majburlaydi. Tadqiqotda neustoykaning asosiy maqsadi – qarzdorga bosim oʻtkazish va asosiy majburiyatni taʼminlash ekanligi ochib berilgan. Neustoyka toʻlash majburiyati qarzdorning shartnoma buzganligi uchun javobgarligiga bogʻliqligi taʼkidlangan. Maqolada tomonlarning shartnomaga neustoyka shartini kiritish huquqi va buning ahamiyati koʻrsatilgan. Shartnoma buzilishi neustoyka majburiyatini faollashtiruvchi asosiy shart ekanligi, neustoykaning qarzdorni majburiyatni bajarishga majburlovchi mexanizm vazifasini oʻtashi tahlil qilingan.