QANDLI DIABET 2 TUR BEMORLARINI DAVOLASHDA GO'P-1 AGONISTINING O‘RNI
Аннотация
Hozirgi kunda endokrinologiya sohasidagi asosiy yutuqlaridan biri qandli diabet 2 tur (QD) bilan og‘rigan bemorlarni davolashga bir qancha yangi guruhdagi gipoglikemik dori vositalarining paydo bo‘lishidir. Bularga glukagonga o‘xshash peptid-1 (GO‘P-1) retseptorlari agonistlari, natriy-glyukoza kotransporter-2 (SGLT-2) ingibitorlari va dipeptidil peptidaza 4 (DPP-4) ingibitorlari kiradi. Ularning dastlabki ikkitasini bir qator yirik randomizatsiyalangan tadqiqot sinovlarida o‘rganilganda, qandli diabet 2 tur bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari va umumiy o‘lim ko‘rsatkichiga, buyrak asoratlari rivojlanish xavfi va boshqa bir qator holatlarga ijobiy ta'sirlari qayd etildi. Ayniqsa GO‘P-1 agonistlari oshqozon-ichak tizimida ovqatdan keyin ishlab chiqariladigan gormonlar GIP va GO‘P-1 singari ta’sir qiladi. Bunda ovqatdan keyingi insulin chiqarilishini oshiradi, ishtaxani kamaytiradi, insulinrezistentlikni kamaytiradi shu orqali qonda glyukoza miqdorini pasaytiradi va tana vaznini kamaytiradi.