TASAVVUF ESTETIKASIDA GOʻZALLIKNING TARBIYAVIY POTENSIALI
Аннотация
Maqolada tasavvuf taʼlimotining badiiy-estetik jihatlari keng yoritilib, uning inson ruhiyatiga va maʼnaviy kamolotiga taʼsiri ochib beriladi. Xususan, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy kabi allomalarning asarlarida ifodalangan goʻzallik haqidagi qarashlar tahlil qilinib, ularning estetik va tarbiyaviy mohiyati izchil sharhlanadi. Goʻzallikning ilohiy va maʼnaviy manbalari, uning inson qalbini poklash, axloqiy fazilatlarni shakllantirish va erkin tafakkurni tarbiyalashdagi oʻrni alohida koʻrsatib oʻtiladi. Shuningdek, maqolada goʻzallik taʼsirida tarbiyalashning oʻziga xos tomonlari, uning tasavvuf falsafasidagi maʼnosi va bugungi kun uchun ham dolzarb ahamiyati tahliliy yondashuv asosida ifodalangan.