ZARARNING TOʻLIQ QOPLANISHI MUNOSABATI BILAN JINOYAT ISHLARINI SUDGACHA TUGATISH: NAZARIY VA AMALIY MASALALAR
Аннотация
Mazkur maqolada iqtisodiy faoliyat sohasida yuzaga kelgan jinoiy-huquqiy nizolarni sudgacha hal qilish institutining huquqiy asoslari va amaliyoti tahlil qilinadi. Asosiy eʼtibor jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararning toʻliq qoplanishi sharti bilan jinoyat ishini tugatish mexanizmlariga qaratilgan. Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksdagi normalar, shuningdek, Oliy sud Plenumi qarorlari asosida ushbu institutning mohiyati, qoʻllanish shartlari hamda sud-amaliyotdagi afzalliklari koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ham ilgari surilgan. Xususan, zarar qoplash mezonlarining aniqligi, yarashuv institutining chegaralari va protsessual tartiblarning soddalashtirilishi zarurligi taʼkidlangan. Maqola xulosasida mazkur institutni yanada takomillashtirish huquqiy tizim samaradorligini oshirishi, jabrlanuvchi huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilishi qayd etiladi.