JM-380 POLIPROPILEN MARKALI TERMOOKSODESTRUKSIYA JARAYONIGA TURLI OMILLAR TA’SIRINI TADQIQ QILISH
Аннотация
Mazkur maqolada JM-380 markali polipropilenning termooksodestruksiya jarayoniga turli omillar — harorat, vaqt, oksidlovchi muhit, aralashtirish tezligi va stabilizatorlar ishtirokining ta’siri kompleks o‘rganilgan. Natijada JM-380 markali polipropilenni termooksidlovchi destruksiyalash uchun quyidagi sharoitlar optimal deb baholandi: harorat – 300 ± 10°C, ishlov vaqti – 30–40 daqiqa, muhit – kislorodli atmosfera (≥15%). Ushbu parametrlar asosida amalga oshirilgan destruksiya jarayonida molekulyar og‘irlik ~60% ga kamayadi, disperslik indeksi 1,8–2,2 oralig‘ida bo‘ladi va funksional guruhlarning paydo bo‘lishi IQ spektroskopik tahlillar orqali isbotlandi. Natijada, polimer-bitum kompozitsiyasi yuqori darajada gomogen, elastik va reologik jihatdan barqaror bo‘ladi.