O‘ZGARUVCHAN HALQAVIY PLASTINKANING TASHQI MAGNIT MAYDONI TA’SIRIDA DEFORMATSIYALANISHI TADQIQ QILISHNING DASTURIY VOSITASI
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zgaruvchan xalqaviy plastinkaning tashqi magnit maydoni ta’sirida deformatsiyalanish jarayonlari chuqur o‘rganiladi. Avvalo, plastinka materialining mexanik xususiyatlari, uning elastiklik chegaralari va tashqi magnit maydon bilan o‘zaro ta’sir mexanizmlari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, tashqi magnit maydon intensivligi ortgan sari plastinkada deformatsiya darajasi ham sezilarli ravishda ortadi. Bu esa mexanik va elektromagnit jarayonlar o‘zaro chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, dasturiy vositalar yordamida real tajribalarni qisqartirish, vaqt va resurslarni tejash hamda texnologik jarayonlarda optimal konstruksiyalarni ishlab chiqish imkoniyati yuzaga keladi.