Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

OʻZBEKISTONDA SPORT TASHKILOTLARINING HUQUQIY MAQOMI VA ULARNING MOLIYAVIY MUSTAQILLIGI

ABI

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda sport tashkilotlarining huquqiy maqomi va moliyaviy mustaqilligi holati kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot davomida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan sport federatsiyalari va klublarining real faoliyati oʻrtasidagi tafovutlar ochib berilgan. Jumladan, sport tashkilotlari de-jure nodavlat notijorat tashkilotlari sifatida tan olingan boʻlsa-da, de-fakto holatda ularning aksariyati davlat tuzilmalarining bevosita yoki bilvosita taʼsirida qolmoqda. Moliyalashtirish manbalarining cheklanganligi, homiylik va tijorat faoliyatining sust rivojlanishi, moliyaviy shaffoflikning past darajada ekanligi sport tashkilotlarining mustaqil va barqaror faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilayotgan asosiy omillar sifatida koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida sport tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga doir huquqiy va institutsional takliflar ilgari surilgan. Mazkur tadqiqot natijalari Oʻzbekistonda sport sohasini modernizatsiya qilishda huquqiy islohotlarning zaruriyligini asoslab beradi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба