MEMLAR TILIDAGI NEOLOGIZM: QOIDABUZARLIKMI YOKI INNOVATSIYAMI? OʻZBEK RAQAMLI DISKURSI MISOLIDA
Аннотация
Raqamli muhitda tarqaluvchi memlar oʻzbek tiliga yangi birliklarni tez kiritadi: qisqartmalar, gibrid yozuvlar, blendlash, grafika va emodzi orqali maʼno kuchayishi. Ushbu maqolada mem-diskursdagi neologizmlar korpus usulida aniqlanadi va tasniflanadi, ularning meʼyor buzilishi sifatidagi koʻrinishlari til tizimidagi innovatsion oʻzgarish bilan qanday kesishishi tahlil qilinadi. Maʼlumot 2024–2025-yillarda Telegram va Instagramdagi ommabop postlardan tashkil topgan namunaviy korpusga (n≈1 000) tayanadi. Tahlil birliklari: yasama/qarzma/blend, yozuv varianti (lotin/kiril), emodzi ishtiroki, mem-format, pragmatik funksiya. Natijada mem-neologizmlarning koʻpayish modellari, barqarorlashish yoʻllari va meʼyor bilan munosabati koʻrsatiladi; xulosada taʼlim, OAV va lugʻat tuzish uchun tavsiyalar beriladi.