ATMOSFERA IFLOSLANISHINI 3D MODELLASHTIRISH VA EKOLOGIK XAVF ZONALARINI BAHOLASH UCHUN GIBRID AI–ML MODELI
Аннотация
Ushbu maqolada atmosfera ifloslanishini bashorat qilish va ekologik xavf zonalarini aniqlash maqsadida gibrid sun’iy intellekt (AI) va mashinali o‘qitish (ML) modellariga asoslangan 3D modellashtirish yondashuvi taklif qilinadi. Taklif etilgan tizim fizik modellashtirish (Navye–Stoks va advektsiya-diffuziya tenglamalari) va chuqur o‘rganish (CNN, LSTM) algoritmlarini birlashtirib, PM2.5, NO₂, CO, O₃ kabi ifloslovchi moddalarning tarqalishini bashorat qiladi. Shuningdek, model yordamida yuqori konsentratsiyali zonalar 3D formatda qayta tiklanadi va ekologik xavf xaritalari ishlab chiqiladi. Mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan ushbu yondashuv orqali O‘zbekiston shaharlarida havo sifatini yaxshilash va sog‘liq xavfini kamaytirish imkoniyatlari kengaytiriladi.