IOT TARMOQLARIDA PROTOKOL ZAIFLIKLARI ORQALI AXBOROT MAXFIYLIGIGA TAHDIDLARNI ANIQLASH VA BOSHQARISH
Аннотация
Ushbu ishda axborot maxfiyligini buzish xavflarini miqdoriy baholash uchun metodika va amaliy protokollarning zaifliklaridan foydalangan holda xavflarni tartibga soluvchi algoritmik yechimlar taklif etildi. "Aqlli uy" telekommunikatsiya tizimining arxitekturasi va to'liq ulanma topologiyasiga asoslangan model ishlab chiqilib, har bir qurilmaning zaifliklari, mumkin bo'lgan hujumlar va hujumchining imkoniyatlari hisobga olindi. Taklif qilingan algoritmlar tizimning eng zaif komponentlarini aniqlab, ularni himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasini shakllantiradi. Olingan natijalar miqdoriy baholash orqali tizimning himoyalanganlik darajasini adekvat baholash va xavfsizlikni mustahkamlash uchun aniq tavsiyalar beradi. Metodika amaliy muhitda sinab ko'rilgan va turli topologiyalarga moslashadi va amaliy tavsiyalar beradi.