Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

ROʻYXATGA OLINGAN AQLLI CHORRAHALAR MA'LUMOTLARI BOʻYICHA TIRBANDLIK HOLATINI VIZUALIZATSIYA QILISHNING SIMULATSIYA ALGORITMI VA DASTURIY TA'MINOTI

ABI

Аннотация

Ushbu maqolada aqlli chorrahalar infratuzilmasida transport oqimini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Python dasturlash tilidagi, Pygame kutubxonasiga asoslangan simulyatsiya dasturi taqdim etiladi. Taklif etilgan tizim svetofor fazalarini an’anaviy qat’iy jadval asosida emas, balki real vaqtga yaqin sharoitlarda transport zichligi, navbat uzunligi va oqim dinamikasiga mos ravishda boshqarishga imkon beruvchi noravshan mantiq (fuzzy logic) modeli orqali adaptiv tarzda boshqaradi. Simulyatsiya algoritmi chorrahadagi svetoforlarni TrafficController arxitekturasi asosida yaratish, ularning holatini yangilash, qarama-qarshi yo‘nalishdagi signallarni aniqlash hamda fuzzy qoidalar yordamida yashil chiroq muddatini hisoblash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqilgan interfeys real chorraha harakatini vizual tarzda modellashtirib, transport vositalari oqimi, svetofor signallarining qoldiq vaqti, avtomobillar paydo bo‘lish tezligi kabi parametrlarga asoslangan o‘zgaruvchan boshqaruvning natijasini ko‘rsatadi. Simulyatsiya tajribalari shuni ko‘rsatdiki, fuzzy mantiqqa asoslangan adaptiv boshqaruv transport vositalarining kutish vaqtini kamaytiradi, svetofor fazalarining samaradorligini oshiradi va tirbandlik hosil bo‘lishining oldini oladi. Taqdim etilgan tizim aqlli shahar transporti uchun real chorrahani modellashtiruvchi amaliy vosita bo‘lib, kelgusida sun’iy intellekt asosida yanada murakkab boshqaruv mexanizmlarini joriy etish uchun asos yaratadi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба