Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TIBBIY XIZMATLARNI SAMARALI BOSHQARISHNING O'ZBEKISTON UCHUN RIVOJLANISH YO'NALISHLARI

Sadullayev O.QUrganсh Davlat Tibbiyot InstitutiSamandarova B.SUrganсh Davlat Tibbiyot InstitutiZakirov Sh YuUrganсh Davlat Tibbiyot InstitutiEgamov M.ShUrganсh Davlat Tibbiyot InstitutiQo'ziboyev B.UUrganсh Davlat Tibbiyot Instituti
ABI

Аннотация

Hozirgi davrda raqamli texnologiyalar sog‘liqni saqlash tizimida samaradorlikni oshirishning eng muhim omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish orqali aholi salomatligi bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyatlari kengayadi. Bu jarayon, bir tomondan, shifokorlar faoliyatini yengillashtirsa, ikkinchi tomondan, xizmatlarning sifatini oshiradi va ularning iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi. Maqolada raqamli texnologiyalarning sog‘liqni saqlash tizimida qo‘llanishi va ularni boshqarishda yuzaga keladigan muammolar yoritiladi. Xususan, elektron tibbiy kartalar, telemeditsina, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlari hamda ularning O‘zbekiston sharoitida joriy etilish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, raqamlashtirish jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash, infratuzilma muammolarini hal etish va kadrlar salohiyatini oshirish zarurati alohida ta’kidlanadi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба