Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ONKOLOGIK KASALLIKLAR TARQALISHINING O'ZIGA HOS HUSUSIYATLARI

ABI

Аннотация

Dolzarbligi: Soʻnggi yillarda dunyo miqyosida oʻsma (onkologik) kasalliklarining koʻpayishi sogʻliqni saqlash tizimi oldida dolzarb muammolardan biriga aylandi. Ushbu holat Oʻzbekiston Respublikasi uchun ham istisno emas. Oʻsma kasalliklarining erta aniqlanishi, profilaktika va davolash choralari samaradorligini oshirish maqsadida, kasallanish darajasining yillik oʻzgarishlarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqsad: Yurtimizda onkologik kasalliklar tarqalganlik xususiyatlarini oʻrganish va tahlil qilish. Material va usullar: Tadqiqotni olib borishda Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy statistik ma'lumotlaridan foydalangan holda tahlil qilingan. Yurtimizdagi onkologik kasalliklar boʻyicha mavjud vaziyat Sogʻliqni saqlash vazirligi va sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining 2018-2023-yillardagi ma'lumotlari asosida baholangan. Olingan natijalar. Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha oʻsma kasalliklarining umumiy kasallanish darajasi 2018-yilda 569,4 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2023-yilda bu koʻrsatkich 614,1 nafargacha oshgan. Ushbu davr mobaynida kasallanish darajasi oʻrtacha 7,8 % ga ortgan boʻlib, bu oʻsish tibbiyot muassasalarida erta tashxis qoʻyish imkoniyatlarining kengaygani bilan izohlanadi. Xulosa. 2018–2023-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasida oʻsma kasalliklarining umumiy kasallanish darajasi asta-sekin oshib bormoqda. Ayniqsa, yirik sanoat va aholi zich joylashgan hududlarda yuqori koʻrsatkichlar qayd etilgan. Ushbu jarayon sogʻliqni saqlash tizimi oldida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, aholining erta skrining koʻriklarida ishtirokini oshirish va zamonaviy diagnostika usullarini keng joriy etish zarurligini taqozo etadi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба