O'N IKKI BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGI RETSIDIVLARINI OLDINI OLISHDA SANATOR-KURORT REABILITATSIYA DASTURINING SAMARADORLIGI
Аннотация
O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (OIBIYK) yuqori retsidiv ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi va bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi. Sanator-kurort reabilitatsiyasi ushbu kasallikning remissiya davrini mustahkamlash hamda retsidivlar sonini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola sanator-kurort sharoitida amalga oshiriladigan kompleks reabilitatsiya dasturining samaradorligini baholashga qaratilgan. Tadqiqot davomida mineral suv bilan davolash, dieta-terapiya, fizioterapevtik usullar, psixoemotsional korreksiya va hayot tarzi bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan kompleks dastur qo‘llanildi. Olingan natijalar sanator-kurort reabilitatsiyasi OIBIYK retsidivlarini sezilarli kamaytirishi, dispeptik simptomlarni yengillashtirishi va gastroduodenal muvozanatni tiklashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi.