ATMOSFERANING CHEGARAVIY QATLAMIDA ZARARLI MODDALARNING TARQALISH JARAYONINING IKKI O'LCHOVLI NOCHIZIQLI MATEMATIK MODELI
Аннотация
Jarayonlar va obyektlarni modellashtirish juda murakkab muammo bo'lib, uning nazariy asosi mavjud tabiiy qonuniyatlarni o'z ichiga oladi. Ushbu qonunlarni va tadqiqot obyektlarining asosiy xususiyatlarini bilish va hisobga olish matematik modelni ishlab chiqishda ularni turli xil matematik shakllar va ifodalarda yanada to'g'ri tavsiflash imkonini beradi. Tadqiqot obyektiga ta'sir etuvchi muhim omillar va parametrlarni tanlash va ularni optimal boshqarish uchun sonli algoritmlar va ularning dasturiy ta'minotidan foydalanib, EHMda hisoblash tajribalari o'tkaziladi. Ilgari o'tkazilgan tadqiqotlar tahlili, shu jumladan boshqa mualliflar, atmosferada kichik o'lchamli zarrachalarning ko'chishi va diffuziyasi jarayoniga ta'sir qiluvchi muhim o'zgaruvchilardan biri zarrachalarning cho'kish tezligi ekanligini ko'rsatdi. Ushbu omil zararli moddalar konsentratsiyasining vaqt bo'yicha o'zgarishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.