Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

OROLBO'YI HUDUDIDA METABOLIK SINDROM BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA PSIXOEMOTSIONAL HOLAT VA HAYOT SIFATI KO'RSATKICHLARINING YOSHGA BOG'LIQ XUSUSIYATLARI

Fazilat OtaboyevaOsiyo Xalqaro Universiteti Xorazm filiali Tibbiyot fanlari kafedrasi assistenti
ABI

Аннотация

Ushbu tadqiqot Orolbo‘yi hududida metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional holat va hayot sifati ko‘rsatkichlarining yoshga bog‘liq xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot kesim dizaynida o‘tkazilib, metabolik sindrom tashxisi qo‘yilgan bemorlar yosh omiliga ko‘ra uch guruhga ajratildi. Metabolik sindrom IDF mezonlari asosida baholandi, psixoemotsional holat PHQ-9, GAD-7 va Perceived Stress Scale yordamida, hayot sifati esa WHOQOL-BREF so‘rovnomasi orqali aniqlanildi. Olingan ma’lumotlar tavsifiy va inferensial statistik usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalar yosh oshishi bilan metabolik sindrom komponentlarining og‘irligi, depressiya, tashvish va stress darajalarining ortishini hamda hayot sifati ko‘rsatkichlarining pasayishini ko‘rsatdi. Ayniqsa katta yoshdagi bemorlarda jismoniy va ruhiy farovonlikning sezilarli darajada yomonlashgani aniqlandi, o‘rta yosh guruhida esa stress darajasi nisbatan yuqori bo‘ldi. Korelyatsion va regressiya tahlillari yosh, abdominal semirish va arterial gipertenziyaning psixoemotsional buzilishlar bilan mustaqil bog‘liqligini tasdiqladi. Tadqiqot natijalarimetabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarni baholash va davolashda yoshga moslashtirilgan, psixologik komponentlarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv zarurligini asoslaydi hamda Orolbo‘yi hududida profilaktik va reabilitatsion choralarni takomillashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба