Асосий контентга ўтиш
Мақола

O'ZBEK TILIDA TAQLID SO'ZLARNING KELIB CHIQISHI VA ETIMOLOGIYASI: QIYOSIY TAHLIL

Gulchexra MatnazarovaUrganch RANCH texnologiya universiteti Jahon tillari kafedrasi magistranti
2025
ABI

Аннотация

Ushbu maqola o‘zbek tilida taqlid so‘zlarning (onomatopeya va ideofonlarning) kelib chiqishi, tarixiy shakllanishi, fonetik-semantik o‘ziga xosliklari hamda ularning umumturkiy qiyosiy til tizimidagi o‘rnini ilmiy asosda tahlil qiladi. Tadqiqot qadimgi turkiy yodgorliklar, o‘zbek tili materiallari va boshqa turkiy tillarning qiyosiy faktlariga tayangan holda olib borildi. Maqolada taqlid so‘zlarning fonetik motivatsiyaga asoslangan tabiati, semantik kengayish jarayoni, morfologik aktivligi va lingvomadaniy ahamiyati keng yoritilgan. Qiyosiy natijalar taqlid birliklarining turkiy tillarda fonosemantik jihatdan o‘xshash, ammo fonotaktik farqlari bilan ajralib turishini ko‘rsatadi. Tadqiqot taqlid so‘zlar o‘zbek tilining eng qadimiy qatlamlaridan biri ekanini, ularning etimologik o‘rganilishi esa til taraqqiyotini chuqurroq anglashga imkon berishini tasdiqlaydi.

Ҳали таржима қилинмаган

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба