Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

“MEHROBDAN CHAYON” ROMANIDA UCHRAYDIGAN MANSAB VA UNVONLAR

Ravshanjon AbdullayevQo‘qon universiteti dotsenti (v.b.), tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)Mubinaxon AkramovaQoʻqon universiteti Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili yoʻnalishi 1-bosqich talabasi
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida uchraydigan mansab va unvon nomlari asosiy tadqiqot obyekti sifatida tanlangan. Asarda tasvirlangan XIX asr Qo‘qon xonligi boshqaruv tizimi doirasida mazkur mansab va unvonlarning kelib chiqishi, ijtimoiy-siyosiy mavqei hamda ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar tarixiy manbalar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, romandagi badiiy tasvirlar bilan real tarixiy boshqaruv amaliyoti o‘rtasidagi uyg‘unlik va tafovutlar aniqlanib, mansab va unvonlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Asarda uchraydigan yigirmadan ortiq unvon va mansablarning vazifasidan kelib chiqib, saroy, harbiy, diniy va qozilik kabi guruhlarga bo‘lib, har birining faoliyati aniq jadvallar asosida ko‘rsatib berildi. Romanda nomlari keltirilgan Xudoyorxon, Muhammad Rajab, Niyoz Muhammad, Abdurahmon oftobachi kabi ayrim qahramonlarning hayotiga oid ma’lumotlar tarixiy manbalar orqali ochib berish bilan ularning XIX asar xonlik siyosiy va madaniy hayotining yorqin vakillari bo‘lganligiga doir mulohazalar ham bildirib o‘tildi.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба