BADIIY ADABIYOT VOSITASIDA NUTQIDA NUQSONI BO‘LGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA DIALOGIK NUTQ SHAKLLARINI SHAKLLANTIRISH
Аннотация
Mazkur maqolada nutqida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutq shakllarini rivojlantirishda badiiy adabiyotdan foydalanishning pedagogik-psixologik asoslari yoritiladi. Maqolada badiiy matnlarning (ertak, hikoya, she’r, dialogli sahnalar) korreksion-ta’limiy imkoniyatlari tahlil qilinib, ularni logopedik mashg‘ulotlarga integratsiya qilish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Muallif dialogik nutqni shakllantirishda obrazli fikrlash, emotsional-ta’sirchanlik va kommunikativ faollikning ahamiyatini asoslaydi. Ushbu maqolada badiiy adabiyot vositasida nutqida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirish masalalari tadqiq qilingan. Maqolada bolalarning nutq davomiyligi, so‘z boyligi, jumla tuzilishi, hikoya bo‘yicha izchil fikr bildirish va savol-javob mashqlarida ishtirok etish ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Shuningdek, dramatizatsiya va rol o‘yinlari bolalarning muloqotga bo‘lgan qiziqishi va dialogni davom ettirish qobiliyatini oshirishdagi samaradorligi baholangan. Maqola natijalari badiiy adabiyot vositasida dialogik nutqni shakllantirish metodikasining pedagogik samaradorligini tasdiqlaydi va maktabgacha ta’lim hamda korreksion pedagogik amaliyotda keng qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Kelgusida tadqiqotlar badiiy adabiyotning turli janrlarini, masalan, she’rlar, multfilm matnlari yoki interaktiv hikoyalarni qo‘llash orqali nutq rivojini yanada chuqurroq o‘rganishga qaratilishi mumkin.
Ҳали таржима қилинмаган