Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

ROBERT LOUIS STEVENSON ASARLARIDA NEOROMANTIK QAHRAMON OBRAZI: TARIXIY-ADABIY VA QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLIL

O‘g‘iloy SoxibovaToshkent davlat texnika universiteti katta o‘qituvchisi
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz yozuvchisi Robert Louis Stevenson asarlarida neoromantik qahramon obrazi tahlil qilinadi. Neoromantizm nazariyasi asosida qahramonlar individualizm, ichki erkinlik, sarguzasht va xavfga intilish, axloqiy tanlov va shaxsiy o‘sish kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Maqolada Stevensonning Treasure Island, Kidnapped va Dr Jekyll and Mr Hyde asarlari misol qilib keltirilib, qahramonlarning sarguzasht, jasorat, ichki axloqiy qarorlar va ruhiy rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada qiyosiy-tipologik metod qo‘llanilib, Stevenson qahramonlari Rudyard Kipling va Joseph Conrad qahramonlari bilan solishtiriladi. Bu solishtirish qahramonlarning neoromantik poetikadagi o‘ziga xosligini aniqlashga yordam beradi. Stevenson qahramonlari nafaqat tashqi sarguzashtlar orqali, balki ichki psixologik jarayonlar, axloqiy tanlov va shaxsiy o‘sish orqali shakllanadi. Maqola Viktoriya davri ijtimoiy-madaniy sharoitining qahramon obrazini rivojlantirishga ta’siri, neoromantik idealning badiiy ifodasi va qahramonlarni boshqa adiblar bilan qiyoslash orqali ularning noyobligini yoritadi. Shu bilan birga, maqola neoromantik qahramon nazariyasi va Stevenson ijodining adabiyotshunoslik, tarixiy-adabiy va qiyosiy-tipologik tahlil usullarida ilmiy jihatdan qo‘llanilishiga hissa qo‘shadi.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба