Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

GABRIEL GARSIA MARKES ASARLARINING JAHON ADABIYOTIDAGI O'RNI VA O'RGANILISHI

Nematillayev Akramjon G'ofurjon o'g'liNamangan davlat chet tillari instituti tadqiqotchisi, University of Business and Science o'qituvchisi, O'zbekiston, Namangan viloyati
Open MINDrepository2026uz
ABI

Аннотация

GABRIEL GARSIA MARKES ASARLARINING JAHON ADABIYOTIDAGI O‘RNI VA O‘RGANILISHI Nematillayev Akramjon G‘ofurjon o‘g‘li Namangan davlat chet tillari instituti tadqiqotchisi, University of Business and Science o‘qituvchisi, O‘zbekiston, Namangan viloyati E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18467576 Annotatsiya: Ushbu maqolada Lotin Amerikasi adabiyotining yirik namoyandasi Gabriel Garsia Markes ijodining jahon adabiy jarayonidagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Asarda yozuvchining “Yolg‘izlikning yuz yili”, “Vabo davrida muhabbat”, “Patriarxning kuzi” kabi romanlari orqali nafaqat Lotin Amerikasi tarixiy-sotsial muammolari, balki “condition humanum” – insoniy mavjudlikning universal mohiyati ham badiiy talqin etilgani ko‘rsatiladi. Maqolada Markes asarlari bo‘yicha olib borilgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar, xususan, uning magik realizm uslubining shakllanishi, narrativ texnikasi, siyosiy va falsafiy qatlamlarining talqinlari yoritilgan. Shuningdek, yozuvchining ijodi “Lotin Amerikasi bo‘roni” (Boom) davrida va undan keyingi adabiy jarayonlarda o‘ziga xos estetik hodisa sifatida baholangan. Tadqiqot natijalari Markes ijodining jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini ochib beradi hamda uning ijodiy merosi turli ilmiy-paradigmalarda o‘rganilayotganini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Gabriel Garsia Markes, Lotin Amerikasi adabiyoti, magik realizm, jahon adabiyoti, narrativ texnika, siyosiy badiiyat, adabiy meros, global qabul.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба