HAYVONLARDA BACHADON KASALLIKLARINING MAHSULDORLIKKA TA'SIRI
Аннотация
HAYVONLARDA BACHADON KASALLIKLARINING MAHSULDORLIKKA TA'SIRI Mengliyev Ali Saykanovich Veterinariya fanlari falsafa doktori. V. b. Professor. Maxmudov Farhod Bahodir o‘g‘li TerDMAU talabasi E-mail: [email protected] Mirzayeva Tursunoy Muxammatovna TerDMAU talabasi Safarova Durdona Farhod qizi TerDMAU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.18481360 Annotatsiya: Ushbu maqolada chorvachilikda ko‘p uchraydigan bachadon kasalliklari - endometrit, metrit, gidrometra, piometra va bachadon atoniyasi - ning kelib chiqish sabablari, patogenezi, klinik belgilar, tashxislash va davolash usullari yoritilgan. Bachadondagi yallig‘lanish jarayonlari hayvonlarning pushtdorlik ko‘rsatkichlarini keskin pasaytirishi, urug‘larning nobud bo‘lishi, homila rivojlanishining buzilishi, yashirin abortlar va bepushtlikka olib kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘tkir va surunkali endometritning patomorfologik o‘zgarishlari, bachadon shilliq pardasida kechadigan degenerativ jarayonlar, kistoz o‘zgarishlar, shuningdek bachadon atoniyasi va uning patogenezi batafsil bayon etilgan. Kasalliklarda qo‘llaniladigan antibiotikoterapiya, bachadonni yuvish, massaj, gormonal va simptomatik davolash usullarining samaradorligi ilmiy asoslangan tarzda bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Bachadon kasalliklari, endometrit, metrit, surunkali endometrit, o‘tkir endometrit, gidrometra, piometra, bachadon atoniyasi, yallig‘lanish, bepushtlik, sun’iy urug‘lantirish, bachadon massaji, antibiotikoterapiya, patologik tug‘ish, involyutsiya.