QALMOQIR KONIDAGI OKSIDLANGAN MIS RUDALARINI CHANLARDA TANLAB ERITISH BO‘YICHA TADQIQOT NATIJALARI
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy tog‘-kon sanoatida dolzarb hisoblangan Qalmoqqir konining oksidlangan mis rudalarini qayta ishlash masalalari tadqiq etilgan. So‘nggi yillarda qazib olinayotgan xomashyo tarkibida oksidlangan va aralash rudalarning ulushi ortib borayotgani sababli, ularni an’anaviy flotatsiya usullari bilan boyitish samaradorligi pastligi aniqlangan. Tadqiqot ishida oksidlangan mis minerallarining (malaxit, azurit va boshqalar) mineralogik va kimyoviy xususiyatlari tahlil qilinib, ularning sulfidizatsiya asosidagi flotatsiya jarayonida past tiklanish ko‘rsatkichlariga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan. Shu munosabat bilan sulfat kislota yordamida tanlab eritish jarayonining misni eritmaga o‘tkazish samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy texnologik omillar — kislota konsentratsiyasi, rudaning yiriklik darajasi, eritish vaqti, harorat va qattiq–suyuq fazalar nisbati (Q:S) o‘rganilgan. Tajribalar natijasida sulfat kislota konsentratsiyasi 3%, rudaning yiriklik sinfi −1 mm, harorat 40°C, eritish vaqti 30 daqiqa hamda Q:S = 1:3 bo‘lgan sharoitlarda misning eritmaga ajralish darajasi 60–80% gacha yetishi aniqlangan. Olingan natijalar oksidlangan mis rudalarini gidrometallurgik usulda qayta ishlashning yuqori istiqbolliligini ko‘rsatadi va ushbu texnologiyani sanoat miqyosida qo‘llash imkoniyatlarini asoslaydi.
Ҳали таржима қилинмаган