O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI JAMG'ARMASINING O'RNI
Аннотация
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya tizimini institutsional jihatdan mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamg‘armasining faoliyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi (stat.uz), Moliya vazirligi hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy ma’lumotlaridan foydalanildi. Jamg‘arma mablag‘larining shakllanish manbalari, ularni taqsimlash mexanizmlari, ijtimoiy transferlar qamrovi va ularning aholining turmush darajasiga ta’siri statistik usullar asosida baholandi. Shuningdek, Germaniya, Janubiy Koreya va Turkiya tajribasi o‘rganilib, ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi.