Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

SEREBRAL FALAJLI BOLALARNING SENSOR TARBIYASI

Gulchexrabonu IsamovaToshkent Kimyo xalqaro universiteti Maxsus pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada serebral falajli bolalarning sensor rivojlanish xususiyatlari hamda ularni tarbiyalashning pedagogik va korreksion yo‘nalishlari yoritiladi. Sensor tarbiya bolaning atrof-muhitni bilishidagi muhim asoslardan biri bo‘lib, ko‘rish, eshitish, taktil-harakat, kinestetik idrok kabi sezgi jarayonlarining shakllanishini ta’minlaydi. Serebral falajli bolalarda markaziy asab tizimidagi organik shikastlanishlar, harakat faoliyatining cheklanganligi hamda analizatorlar faoliyatidagi buzilishlar tufayli idrok jarayonlari kechikkan va notekis rivojlanadi. Maqolada bunday bolalarda ko‘rish-harakat muvofiqligining yetarli shakllanmaganligi, fazoviy va vaqt tasavvurlarining zaifligi, kinestetik va taktil idrokning buzilishi kabi muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, sensor tarbiyaning asosiy vazifalari, yo‘nalishlari va mazmuni ochib berilib, ko‘rish, eshitish va taktil idrokni rivojlantirishga qaratilgan samarali pedagogik usullar va didaktik o‘yinlar tavsiflanadi. Sensor tarbiya orqali bolalarning oliy ruhiy funksiyalarini, nutq faoliyatini, lug‘at boyligini rivojlantirish hamda maktab ta’limiga tayyorgarligini ta’minlash imkoniyatlari asoslab beriladi. Maqola maxsus pedagogika, defektologiya va inklyuziv ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба