Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

TERMIZ SAYYIDLARINING IX-XVII ASRLARDA O'RTA OSIYO IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDAGI ROLI

Yo'ldoshev Azizjon AzimjonovichTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Tarix mutaxassisligi magistrantiToshov K. T.Ilmiy rahbar: t.f.f.d. (PhD), dots
ABI

Аннотация

Maqolada IX-XVII asrlarda Termiz sayyidlari institutining Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy Annotatsiya.tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda “sayyid” maqomining nasabiy-sharafiy belgidan tashqari, siyosiy legitimatsiya, ijtimoiy vositachilik, shariat-huquqiy amaliyot, xayriya-vaqf munosabatlari hamda ziyorat madaniyati orqali shakllangan ko‘p funksiyali institut ekani asoslanadi. Markaziy daliliy tayanch sifatida Termiz yaqinidagi Sulton Saodat majmuasi ko‘rib chiqilib, uning X-XVII asrlarda Termiz sayyidlari qabrlari ustida bosqichma-bosqich shakllangani, ansambl tarkibida maqbaralar, masjid va xonaqohlarning mujassamlashgani, ziyorat amaliyotini institutsionallashtirgani ko‘rsatiladi. Maqolada siyosiy sulolalar almashinuvi fonida sayyidlar nufuzi “yumshoq kuch” sifatida barqaror saqlanib, mahalliy jamiyatda ijtimoiy muvozanat va ma’naviy legitimlikni ta’minlashga xizmat qilgani yoritiladi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба