KONVEYER TRANSPORTINI ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH TADQIQOTI
Аннотация
Ushbu tadqiqotda konveyer transport tizimlarida tashilayotgan yuk miqdorining o‘zgarishi elektr yuritma ish rejimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi batafsil tahlil qilinadi. Dvigatel tezligi yuk massasiga mos ravishda moslashtirilmaganda quvvat sarfi ortishi, mexanik elementlarning ortiqcha yuklanishi va jarayonning bir tekis amalga oshmasligi kuzatilishi aniqlandi. Amalga oshirilgan tajriba tahlillari yukning real qiymatiga nisbatan dvigatel tezligini chiziqli qonuniyat asosida boshqarish elektr energiyasi sarfini kamaytirishi, qizib ketish holatlarini pasaytirishi hamda konveyerning barqaror ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Taklif etilgan boshqaruv yondashuvi konveyer transportining umumiy samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ҳали таржима қилинмаган