YURAK TUG'MA NUQSONLARI. ZAMONAVIY KORREKSIYA USULLARI
Аннотация
Ushbu maqolada yurak tug‘ma nuqsonlarining embrional rivojlanish davrida yuzaga kelish mexanizmlari, epidemiologiyasi, etiologik omillari hamda klinik namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritilgan. Yurak tug‘ma nuqsonlarining asosiy turlari, ularning gemodinamik buzilishlarga olib kelishi va organizmda kislorod yetishmovchiligi rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy diagnostika usullari prenatal skrining, ehokardiografiya, Doppler tekshiruvlari, KT va MRT imkoniyatlari keng yoritilgan. Maqolada yurak tug‘ma nuqsonlarini davolashda qo‘llanilayotgan zamonaviy jarrohlik va minimal invaziv intervension usullarning afzalliklari, ularning bemorlar hayot sifati va prognoziga ijobiy ta’siri ko‘rsatib berilgan. Erta tashxis va individual davolash yondashuvining ahamiyati alohida ta’kidlangan.
Ҳали таржима қилинмаган