QON VA UNING YARATILISHI (GEMOPOEZ): MORFOFUNKSIONAL ANATOMIYA VA ZAMONAVIY GEMATOLOGIK KONSEPSIYALAR
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada inson organizmining "suyuq to‘qimasi" bo‘lgan qonning tarkibi, uning fiziologik vazifalari hamda qon yaratilish (gemopoez) jarayonlarining sitofiziologik mexanizmlari keng qamrovli tahlil qilingan. Maqolada qonning shaklli elementlari — eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarning morfologik xususiyatlari, ularning yashash davomiyligi va ultrastrukturaviy tuzilishi yoritiladi. Shuningdek, qon yaratuvchi a’zolar (suyak ko‘migi, timus, taloq, limfa tugunlari) anatomiyasi va gemopoezning zamonaviy "poyatuxm hujayra" nazariyasi bayon etilgan. Maqolaning innovatsion qismida esa poyatuxm hujayralar transplantatsiyasi, sun’iy qon yaratish texnologiyalari va qon tizimi kasalliklarini gen muhandisligi orqali davolashning istiqbollari ilmiy asoslab berilgan.
Ҳали таржима қилинмаган