O'ZBEKISTONDА TO'QIMАCHILIK SАNOАTINI RIVOJLАNTIRISH TENDENSIYАLАRI.
Аннотация
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish tendensiyalari, ishlab chiqarish hamda eksport hajmlarining dinamikasi, tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi va investitsion faolligi tahlil qilingan. Tadqiqotda 2017–2024 yillar davomida “Oʻzbektoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyati, mahsulot turlari boʻyicha ishlab chiqarish va eksport koʻrsatkichlarining oʻsish sur'atlari statistik ma'lumotlar asosida oʻrganilgan. Shuningdek, pandemiya sharoiti, global geosiyosiy jarayonlar, logistika muammolari va xomashyo narxlarining oʻzgaruvchanligi kabi omillarning tarmoq rivojiga ta'siri yoritilgan. Maqolada tarmoqni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, PQ-4186-son qarori asosida amalga oshirilgan islohotlar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda klaster tizimining joriy etilishi natijalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari toʻqimachilik sanoatida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ulushining ortishi, eksport geografiyasining kengayishi va yangi ish oʻrinlarining yaratilishi orqali milliy iqtisodiyot barqarorligiga sezilarli hissa qoʻshilayotganini koʻrsatadi