Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

REANIMATSIYADA INFUZION TERAPIYA ASOSLARI

Rustamov Yusufjon Rustam o'g'liRSHTYOIMSF Reanimatsiya va anestiziologiya yo'nalishi 2-kurs klinik ordinatori
Open MINDrepository2026uz
ABI

Аннотация

Infuzion terapiya reanimatsiya va intensiv terapiya sharoitida qo‘llaniladigan eng muhim davolash usullaridan biri bo‘lib, organizmning gemodinamik barqarorligini ta’minlash, suyuqlik va elektrolit muvozanatini tiklash hamda to‘qimalarning adekvat perfuziyasini saqlashga qaratilgan. Kritik holatlarda, jumladan shok, og‘ir travmalar, kuyishlar, sepsis, qon yo‘qotish va suvsizlanish holatlarida infuzion terapiya hayotiy muhim organlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda asosiy rol o‘ynaydi. Infuzion terapiya yordamida aylanib yuruvchi qon hajmi tiklanadi, mikrosirkulyatsiya yaxshilanadi va hujayralarning kislorod bilan ta’minlanishi normallashadi. Mazkur maqolada reanimatsiya amaliyotida qo‘llaniladigan infuzion eritmalar turlari, ularning farmakofiziologik xususiyatlari, qo‘llash prinsiplari hamda organizmga ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Shuningdek, kristalloid va kolloid eritmalarning klinik ahamiyati, ularni qo‘llash ko‘rsatmalari va infuzion terapiyaning asosiy maqsadlari yoritildi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба