<b>OLTINGUGURT ASOSDAGI POLIMER BETON ISHLAB CHIQARISHNING EKOLOGIGA TASIRINI TATQIQOTLASH</b>
Аннотация
Ushbu maqolada oltingugurt asosidagi polimer beton ishlab chiqarish texnologiyasi va uning ekologik jihatdan samaradorligi tahlil qilinadi. An’anaviy sementli betonlarga nisbatan oltingugurtli polimer betonning ishlab chiqarish jarayonida karbonat angidrid (CO₂) chiqindilari sezilarli darajada kamayishi, energiya sarfi pastligi hamda sanoat chiqindisi sifatida to‘planayotgan ortiqcha oltingugurtdan to‘liq foydalanish imkoniyati ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, oltingugurt polimerlarning qayta ishlanishi, kimyoviy barqarorligi, suv va kislotalarga chidamliligi natijasida uzoq muddatli xizmat ko‘rsatishi atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlanadi. Shu bilan birga, yuqori harorat (140-150 оС) talab qiluvchi qayta eritish jarayonlari hamda polimerizatsiya bosqichida yuzaga keluvchi gaz chiqindilarining oldini olish bo‘yicha texnologik yechimlar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari oltingugurt asosidagi polimer beton ekologik barqaror qurilish materiallari qatorida muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi va yashil iqtisodiyot konsepsiyasiga mos innovatsion yechim sifatida baholanadi.
Ҳали таржима қилинмаган