<b>TO‘LQIN OQIMI TA’SIRIDA SUV OMBORI QIRG‘OG‘INING QAYTA SHAKLLANISHINING GIDRAVLIK HISOBI</b>
Аннотация
Maqolada shamol to‘lqinlarining sohil qirg‘og‘i yon tomoni profilining qayta shakllanishiga ta’siri keltirilgan. Bu jarayonni o‘rganish uchun laboratoriya sharoitida eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilgan, shuningdek, boshqa mualliflarning tadqiqot ma’lumotlari ham qayta ishlangan. Har bir muallif o‘z metodikasini eksperimental sharoitda olingan ma’lumotlarga tayangan holda taklif qiladi. Ko‘rib chiqilgan modellar nisbatan har tomonlama bo‘lib, umumlashtirilgan holda sohilning evolutsiyasini sifat jihatidan baholash uchun qo‘llash mumkin deb hisoblanadi. Eksperimental tadqiqotlar va boshqa mualliflarning ishlarini tahlil qilish asosida shamol to‘lqinlari ta’sirini inobatga olgan holda suv omborlarining sohil yonboshi profilining qayta shakllanishini hisoblashning umumlashtirilgan yangi metodikasi taklif etilgan. Ushbu metodika suv akvatoriyalari ustidan shamol tezligi 20 m/s dan past bo‘lgan hollarda tavsiya etiladi.
Ҳали таржима қилинмаган