TABIIY FANLARNI O'QITISHDA STEAM YONDASHUVI ASOSIDA O'QUVCHILARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-METODIK MODELI
Аннотация
Mazkur maqolada tabiiy fanlarni o‘qitishda STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi asosida o‘quvchilarning kreativligini rivojlantirishning pedagogik-metodik modeli ishlab chiqiladi va nazariy jihatdan asoslanadi. STEAM yondashuvi fanlararo integratsiya, muammoli vaziyatlar, muhandislik dizayni va ijodiy faoliyat orqali o‘quvchilarning kreativ tafakkuri, tahliliy fikrlashi va amaliy muammo yechish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada modelning tarkibiy komponentlari — maqsadli blok, mazmuniy blok, jarayonli blok, natijaviy blok va baholash mexanizmlari tizimli ravishda yoritiladi. Taklif etilgan pedagogik-metodik model tabiiy fanlar darslarini amaliy, interfaol va innovatsion muhitga aylantirishga qaratilgan