PARAMETRLI ALGEBRADA SAMARALI HISOBLASH USULLARI
Аннотация
Ushbu maqolada parametrli algebra doirasida parametrli darajaga oshirish amallarining hisoblash samaradorligi tahlil qilinib, ularni tezkor hisoblashning algoritmik yondashuvi taklif etiladi. Parametrli algebra xossalaridan foydalangan holda parametrli darajaga oshirish amallarini tezkor darajaga oshirish usullariga keltirish imkoniyati asoslanadi va tegishli hisoblash modeli ishlab chiqiladi. Taklif etilgan yondashuv parametrli darajaga oshirishni samaraliroq hisoblash hamda uning hisoblash murakkabligini kamaytirish imkonini beradi. Olingan natijalar parametrli algebra asosidagi hisoblashlarning samaradorligi haqidagi yondashuvlarni qayta ko'rib chiqishga asos bo'lib, darajaga oshirish sekinligi ko'pincha algebraik tuzilishidan emas, balki qo'llanilayotgan hisoblash usullaridan kelib chiqishini ko'rsatadi. Tadqiqot parametrli algebra asosidagi kriptografik hisoblashlarni samarali tashkil etish va algoritmik optimizatsiya masalalarini hal qilish uchun muhim asos yaratadi.