Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA EMIZIKLI AYOLLARNING AYRIM MIKROELEMENTLAR HOLATINI (STATUSINI) O‘RGANISH

Baratova Shoxsanam Sobir qiziSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, tayanch doktorantKurbanov Abdulaziz ShoniyozovichQarshi davlat universiteti,dotsent
ABI

Аннотация

Maqolada Surxondaryo viloyati qishloq sharoitida yashaydigan 18-29 va 30-39 yoshli emizikli ayollarning kunlik ovqati tarkibidagi kalsiy, fosfor, magniy va temirning miqdori va ularning qondagi konsentratsiyasining qiyosiy tahlili keltirilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, 18-29 yoshli sut emizadigan ayollar kunlik ratsioni orqali kalsiy 583,9±98,8 mg dan 715,9±110,8 mg gacha, fosfor 1175,3±131,2 mg dan 1342,6±139,5 mg gacha, magniy 289,4±32,8 mg dan 380,8±49,2 mg gacha, temir 19,7±1,1 mg dan 24,3±1,2 mg gacha qabul qilishgan. 30-39 yoshli ayollar laktatsiya davrida kunlik ovqati orqali kalsiy bilan 592,6±123,8 mg dan 719,4±97,5 mg gacha, fosfor bilan 1169,5±138,3 mg dan 1317,9±187,67 mg gacha, magniy bilan 319,3±35,4 mg dan 346,5±41,8 mg gacha, temir bilan 19,4±1,4 mg dan 21,6±1,3 mg gacha ta’minlangan. 18-29 yoshli respondentlarning qon zardobi tarkibida kalsiy miqdori 2,97±0,09 mmol/l gacha, fosfor 1,31±0,09 mmol/l gacha, magniy 0,96±0,03 mmol/l gacha va temir 24,3±1,2 mmol/l gachani tashkil etadi. Emizikli ayollarning mikronutriyentlar bilan ta’minlanishini baholashda ularning yuqorida qayd qilingan ko‘rsatkichlarini aniqlab tahlil qilib borish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба