“Boburnoma”ning fransuz va o‘zbekcha matnlarida toponimlar ifodasi va semantik tasniflari
Аннотация
Mazkur maqolada “Boburnoma” asaridagi toponimlar tarixiy, madaniy va lingvistik jihatdan tahlil qilingan. Bobur Mirzo tomonidan keltirilgan geografik nomlar uning hayot yo‘li, siyosiy faoliyati, harbiy yurishlari va shaxsiy tajribalarini yorituvchi muhim lisoniy manba sifatida qaraladi. Tadqiqotda toponimlarning semantik tasnifi – geografik, siyosiy-ma’muriy, diniy-madaniy va etnojoy nomlari asosida amalga oshirilgan. Har bir guruh o‘zining tarixiy-madaniy yukiga ega bo‘lib, ular orqali o‘sha davrning siyosiy tuzilmasi, etnik tarkibi va madaniy xususiyatlari aks ettiriladi. Shuningdek, maqolada “Boburnoma”ning fransuz tiliga tarjimasida toponimlarning transliteratsiya, transkripsiya va domestikatsiya usullari orqali berilishi tahlil qilinadi. Tarjima jarayonida toponimlarning fonetik shakli ko‘proq saqlangan bo‘lsa-da, ularning madaniy va etnolingvistik konnotatsiyalari to‘liq ifodalanmaganligi aniqlanadi. Shu boisdan, maqola toponimlarning tarjima jarayonida lingvokulturologik yondashuvni qo‘llash zaruratini asoslab beradi.
Ҳали таржима қилинмаган