INSTITUTSIONAL INVESTORLAR MILLIY IQTISODIYOTNING MOLIYAVIY VA INVESTITSIYA XAVFSIZLIGI OMILI SIFATIDA
Аннотация
Mazkur tezisda institutsional investorlarning milliy iqtisodiyotda moliyaviy va investitsiya xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Ularning moliyaviy bozorlarni chuqurlashtirish, uzoq muddatli kapitalni safarbar etish, risklarni boshqarish hamda korporativ boshqaruv sifatini oshirishdagi roli yoritib berilgan. Shuningdek, institutsional investorlar faolligini oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy, institutsional va infratuzilmaviy shart-sharoitlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, institutsional investorlar faoliyatini rag‘batlantirish milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, makroiqtisodiy barqarorlik va investitsiya xavfsizligini mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi.
Ҳали таржима қилинмаган