RIVOJLANGAN MAMLAKATLARNING YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHGA DOIR PEDAGOGIK YONDASHUVLARI VA ULARNING ILMIY TAHLILI
Аннотация
Mazkur maqola jahon tajribasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga doir pedagogik yondashuvlar tahliliga asoslangan bo‘lib unda rivojlangan mamlakatlardan Belgiya, Ispaniya va Ukraina mamlakatlarining oila va oilaviy muammolari masalasi o‘rganilgan. Bundan tashqari maqolada Belgiya, Ispaniya, Ukraina va Fransiya mamlakatlar ilaviy birdamlik, qarindoshlik aloqalarining mustahkamligi va bir-birini qo‘llab-quvvatlash madaniyati jamiyatning barqarorligi kabi masalalar bo‘yicha asosiy o‘rinlarni egallay olishi mumkinligi izohlab o‘tilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, rivojlangan mamlakatlarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimli, kompleks va integrativ pedagogik yondashuvlar asosida amalga oshiriladi. Xususan, ta’lim tizimida hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, psixologik tayyorgarlikni kuchaytirish, gender tengligi va reproduktiv salomatlik masalalariga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, davlat va jamiyat institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning yo‘lga qo‘yilgani oilaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Ҳали таржима қилинмаган