O‘ZAN TUBI BARQARORLIGINI BAHOLASH USULLARI
Аннотация
Bugungi kunga qadar grunt o‘zanli kanallarda gryadalarning hosil bo‘lishi va harakati masalasi bo‘yicha dunyoning turli ilmiy markazlarida keng ko‘lamli dala kuzatuvlari hamda laboratoriya tajribalari o‘tkazilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida katta hajmdagi eksperimental ma’lumotlar to‘plangan. Ayrim tadqiqotchilar mazkur ma’lumotlarni umumlashtirishga va yagona hisobiy bog‘lanishlar shaklida ifodalashga harakat qilgan bo‘lsalar-da, hozirgi kungacha ushbu masala bo‘yicha to‘liq ishonchli va universal natijalarga erishilmagan. Mavjud ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, grunt o‘zanli kanallarda gryadalar harakati muammosi ochiq o‘zanlar gidravlikasining eng murakkab va dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Olingan tajriba va kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, to‘lqinlarning parametrlarida yuz beradigan o‘zgarishlar gryadalarning geometrik va kinematik xususiyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, kanal oqimining statsionar holatida shakllanadigan gryadalarga nisbatan, shamol to‘lqinlari ta’siri ostida vujudga keladigan gryadalar kattaroq o‘lchamlarga ega bo‘lishi kuzatiladi. Bu holat, avvalo, to‘lqinlar ta’siri natijasida o‘zan tubida hosil bo‘ladigan tangensial kuchlanishlarning ortishi bilan izohlanadi. Mazkur kuchlanishlarning oshishi esa gryadalar parametrlarining yiriklashuviga olib keladi. Ochiq o‘zanlarda oqiziqlarning gryadali shaklda tashilishi nazariyasiga asoslanib, kanallarda suv oqimining statsionar va nostatsionar harakat sharoitlarida oqiziqlar tashilishini hisoblash usullari yanada takomillashtirildi. Ushbu yondashuv o‘zan tubida kechadigan murakkab morfodinamik jarayonlarni yanada aniqroq tavsiflash hamda hisobiy natijalarning ishonchliligini oshirish imkonini beradi.
Ҳали таржима қилинмаган