SUN'IY INTELLEKT VA AVTOMATLASHTIRISHNING MEHNAT BOZORIGA TA'SIRI
Аннотация
Ushbu tezis avtomatlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarining mehnat bozori rivojiga ko‘rsatayotgan ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Texnologik yangilanishlar natijasida mehnat jarayonlarining avtomatlashtirilishi bandlik darajasi, kasblarning tuzilishi hamda mehnat bozori barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot doirasida avtomatlashtirish jarayonlari bilan bog‘liq holda ish o‘rinlarining qisqarishi va o‘zgarishiga doir nazariy qarashlar hamda empirik tahlillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sun’iy intellektning mehnat mazmuni va ish jarayonlariga ta’siri, ishchilarning yangi texnologik sharoitlarda raqobatbardoshligini ta’minlovchi muhim ko‘nikmalar tahlil qilinadi. Tezisda mehnat bozorida yuz berayotgan texnologik o‘zgarishlarga moslashishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ta’lim va bandlik siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.